tg-me.com/Panda_books/6446
Last Update:
Kanal hoshiyasidagi bitiklar
"Ba'zan yozasan-yozasanu, keyin klaviaturadan qo'ling bo'shab, o'zi qayerga kelganingni anglash uchun shundoq ortingga bir o'giriladigan vaqting bo'ladi. Oq-qora satrlar aro nimalarni topding, nimalarni yo'qotding? Boshlanishida ko'pchilik bilan boshlaysan, oxirida esa doim yakka o'zing qolasan".
"Anonimlik yaxshi narsa. Bizda anonimlik qadrlanadi. Sirlilik niqobi yaxshi, ammo men ortiqcha sirli bo'lishni istamaganman hech. Chunki fikrlarni avvalo jamiyat emas, individ yaratadi, anonimlikda yaratilgan fikrlaringga esa afsuski haqqingni da'vo qilolmay qolishing mumkin";
"2 yil oldin menga yaxshigina donat qilib, iliq gaplar yozib - o'ziga xos motvatsiya berib turadigan obunachim bor edi. Kimligini bilmayman, lekin boshqa donat beruvchilardan ajralib turishini sezardim. Vot hozir o'sha obunachimni yo'qotib qo'ygandekman😢..."
"Har bir loyihada xuddi serialdagi mavsumlar kabi bir to'xtab-yangitdan boshlanadigan joyi bo'larkan. Men bir xil ritmdan charchagan odamlarni uyg'otish uchun ochgandim bu kanalni. Ko'tarilish va tushishni birdek qabul qilishim shundan";
"Oldin do'sting kimligiga qarab kimligingni aytishardi. Hozir ijtimoiy tarmoqda kimga layk bosishing va follow bo'lganingga qarab, kimligingni aytib berishyapti";
"Insonning "samotsenkasi" ko'tarish ba'zan juda oson. Ertalabdan ko'rinishiga nisbatan aytilgan bitta yaxshi kompliment bilan ayol kishi kun bo'yi xush kayfiyat yurishi mumkin. Xuddi shunday yigit kishi ham ko'chada o'tib ketayotgan biror qizning unga qarab bitta tabassum qilishidan juda baxtiyor bo'lishi mumkin".
@panda_books
BY Panda Books
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/Panda_books/6446